Bir avtograf kolleksioneri Edgar Po tez-tez asarlarini eʼlon qiladigan New-York Tribune gazetasi bosh muharririga shunday deb yozgan: "Hurmatli janob! Sizning keng koʻlamli yozishmalaringiz orasida yaqinda vafot etgan shoir va nosir Edgar Allan Poning kamida bir nechta avtografi boʻlsa kerak. Menga shunday avtograflardan birontasini bera olmaysizmi?" Muharrir darhol javob bergan: "Hurmatli janob! Men taniqli yozuvchi Edgar Poning faqat bitta avtografiga egaman. U menga 50 dollarga tushgan. Uni sizga yarim narxiga berishga tayyorman". Diqqat, savol: ushbu avtografning mazmuni nima edi?