gotquestions.online

Bir kuni mashhur amerikalik teleboshlovchi Jonni Karson NBC telekanalidagi oʻzining kechki shousida ssenariynavislar tayyorlagan hazilni oʻta jiddiy ohangda oʻqib berdi: yaqin orada BU narsa sotuvdan yoʻqolishi mumkin emish. Tomoshabinlar hazilni tushunishmadi va ertasi kuni ertalab oʻn milliondan ortiq amerikalik BUNI sotib olish uchun supermarketlarga yopirildi. 1944-yilda frontga BUNI yetkazib bergani uchun Amerika hukumati "Kimberly-Clark" kompaniyasini mukofotga loyiq koʻrgan. "Sahrodagi boʻron" operatsiyasi paytida BUNDAN niqoblanish maqsadida foydalanilgan. Bir hajvchining haziliga koʻra esa, amerikalik askarni ojiz qoldirish uchun uning xaltasidan BUNI olib qoʻyish kifoya. BUNI ayting.

Manba