Ikkinchi Jahon urushi yillarida antikvar doʻkonlari sotuvchilarida mamlakatda filokartiya (pochta otkritkalarini yigʻish) avj olgan degan taassurot paydo boʻlishi mumkin edi. Butun mamlakat boʻylab koʻplab yaxshi kiyingan va jiddiy odamlar pochta otkritkalarini qidirib topib, sotib olishardi. Taxminan oʻsha vaqtda National Geographic Magazine jurnali kutubxonasida odamlar oʻtirib, barcha oldingi sonlarni sinchiklab oʻqib chiqishar va har bir sahifani koʻzdan kechirishardi. Har ikki guruh ham bitta maqsadni koʻzlagan edi. Qanday maqsadni?
Razvedka ma'lumotlarini yigʻish. Otkritkalarda maxfiy ob'ektlar boʻlmaydi, lekin desant tushirish uchun joy topish mumkin.