Tibbiy latifa № 2. Bemor uchastka shifokoriga sogʻligʻi yomonlashganidan shikoyat qiladi. — Bu tushunarli, — deydi shifokor. — Siz butunlay formangizni yoʻqotibsiz. (Bir necha soʻz tushirib qoldirilgan) qilib koʻring. Bir hafta oʻtgach, bemor shifokorga qoʻngʻiroq qiladi: — Doktor, men shahardan 70 kilometr uzoqlikdaman... Endi nima qilamiz? Shifokor bir hafta oldin unga nima deb maslahat bergan edi?