"Temir niqob" bilan bogʻliq voqea "iliqlik" davrida deyarli takrorlangan. Vladimir viloyati IIB 2-sonli qamoqxonasi boshligʻi podpolkovnik Kozikning 1956-yil 15-maydagi hisobotidan: "...Kelib chiqishi mumkin boʻlgan koʻngilsizliklarning oldini olish va ushbu mahbusning haqiqiy qiyofasini yashirish uchun... unga oxirgi xotini — Vasilyevaning familiyasi berildi... Barcha rasmiy hujjatlarda u shu familiya bilan qayd etilgan... va qarindoshlari bilan yozishmalar olib bormoqda... Shaxsiy tarkibdan baʼzilar Vasilyevning kimligini taxmin qilmoqda, biroq biz buni oshkor qilmaslik choralarini koʻryapmiz". Siz ham ushbu mahbusning haqiqiy ismi va familiyasini topishga harakat qiling.