SSSR davrida yonida raketa polki joylashgan shaharchada boʻlganini eslab, Aleksandr Shchelokov u yerda koʻrgan "N-sonli zavod..." degan peshlavha haqida gapiradi. "Bu yerda nima qilishadi?" — deb soʻraydi Shchelokov oʻziga hamrohlik qilayotgan raketachidan. Javob mehmonni qoniqtirmaydi, chunki uning fikricha, u allaqachon bilgan raketalardan koʻra kattaroq sir shaharda boʻlishi mumkin emas edi. Ammo ikkinchi marta ham javob oʻsha-oʻsha boʻlib chiqdi. Ushbu zavodda ishlab chiqarilgan narsani ikki soʻz bilan ayting.