[Musiqiy parcha qoʻyib eshittiriladi] Siz ushbu audioda "Interstellar" filmining "Mountains" nomli soundtrekini tingladingiz. Bu soundtrekdan filmdagi Suv sayyorasi va Miller sayyorasidagi epizodlarda foydalaniladi. Bir xil takrorlanuvchi ritm intervali 1,25 [bir butun yuzda yigirma besh] sekund boʻlib, Nolan gʻoyasi boʻyicha har bir takrorlanish UNI ifodalashi kerak edi. Diqqat savol: UNI bir necha soʻzlar bilan yozib bering