Musiqani onlayn tinglash imkonini beruvchi Spotify musiqa xizmati, agar ijro vaqti kamida 30 soniya boʻlsa, musiqachilarga har bir ijro etilgan trek uchun mukofot toʻlaydi. 2014-yil mart oyida Vulfpeck guruhi gastrollar uchun mablagʻ yigʻish maqsadida Spotifyga har biri 30 soniyadan biroz koʻproq boʻlgan 10 trekdan iborat albomini yuklaydi. 7 hafta oʻtgach, spotify xizmati albomni olib tashlashga qaror qiladi, ammo guruh ishlab topgan 20 000 dollar bepul kontsertlar gastrollarini tashkil qilish uchun yetarli edi. Diqqat savol Vulfpeck guruhi treklarini qaysi 1952-yilda yaratilgan asar bilan solishtirish mumkinligini yozib bering!