Intervyularida boʻrttirilgan shikoyatlari bilan ajralib turadigan Yurgen Klopp haqidagi bir yumoristik maqolada Londondan ochko yoʻqotib qaytgan murabbiy maysaning sirpanchiqligi sababli X-lardan shikoyat qilgani aytiladi. Olimlar tomonidan oʻtkazilgan tajribalarda oʻsimliklarni sun’iy changlatish maqsadida X-lar chiqaradigan dronlardan foydalanilganini bilgan holda X-ni 1 yoki 2 soʻz bilan yozing.