Muallif bu savolni keyingi oʻyin uchun moʻljallangan paketga joylashtirmoqchi edi, ammo bunday qilmadi! Eron shohi Ogʻa Muhammadxon uxlab yotganida chodiri oldida ikkita mulozimi tortishib qoladi. Baqir-chaqirdan uygʻonib ketgan shoh tong otishi bilan shovqin koʻtarganlarni qatl qilishini aytib baqiradi. Ikkita mulozim tunda shoh oldiga kirib, uni pichoqlab oʻldirishadi va qochib ketishadi. Bu voqea haqidagi maqolada muallif bir oʻzbek maqolini eslab oʻtadi. Savol: Maqolni 4 ta soʻz bilan yozib bering!