Ushbu ikki oilani MTV kanali tufayli butun dunyo taniydi. Ularning birida uchta farzand bor, qizlaridan biri saksofon chalishni yaxshi koʻradi, ikkinchisida esa ikki farzand bor va yana aynan qizi yaqinda oʻzini musiqa sohasida sinab koʻrdi. Albatta, otang mashhur rok-musiqachi boʻlsa, yangi boshlovchi xonanda boʻlish oson. Agar gap kim haqida ketayotganini tushungan boʻlsangiz, bu oila boshliqlarining ismini osongina aytib berasiz.