Yaqinda MTV «Eng-englar» xit-paradining navbatdagi sonida mahalliy va xorijiy estrada vakillari kirgan «Sariq sochli goʻzallar» (Blondinkalar) xit-paradini taqdim etdi. Bizning ijrochilardan Glyukoza va Refleks shunday sharafga loyiq koʻrildi. U yerda yaqinda sargʻish sochli boʻlgan Jerri Xallivellni ham, sobiq sargʻish sochli Kristina Agilerani ham koʻrish mumkin edi. Uchinchi oʻrin Britni Spirsga, ikkinchi oʻrin esa Madonnaga nasib etdi. Hurmatli bilimdonlar! Bir daqiqadan soʻng javob bering — xit-paradda kim gʻolib chiqdi?