MTV kino mukofoti bir qator oʻziga xos nominatsiyalarni oʻz ichiga oladi — masalan, "Eng yaxshi yovuz qahramon", "Eng yaxshi qoʻrqqan obraz" yoki "Eng yaxshi mushtlashuv". Yana bir nominatsiyada Uill Smit va Vivika Foks ("Mustaqillik kuni"), Jozef Faynz va Gvinet Peltrou ("Oshiq Shekspir"), Tobi Maguayr va Kirsten Danst ("Oʻrgimchak-odam"), va hatto, garchi gʻalati boʻlsa-da, Jeyson Biggs va Shon Skott ("Amerika pirogi-2") gʻolib boʻlishgan. Bu qaysi nominatsiya?