Shaxsiy hayotda ham, ishda ham qo‘lyozma matn o‘rnini tobora mashinkada yozilgan matn egallamoqda. Bu yaqin orada hayotimizdan sharikli va patli ruchkalar butunlay yo‘qolishini anglatmaydi, buni yuqoridagi mahsulotlarni ishlab chiqaruvchi firmalar yaxshigina foyda ko‘rayotgani ham tasdiqlaydi. Elita ruchkalar ishlab chiqaruvchi firmalarning, qoida tariqasida, o‘z an’analari va o‘ziga xosliklari bor. Masalan, "Montblanc" firmasi buyuk insonlarga bag‘ishlangan cheklangan seriyalari bilan mashhur. Har yili boshqa mahsulotlardan tashqari tarixiy seriyadagi 4810 dona ruchka sotuvga chiqadi. Nima uchun aynan shuncha miqdordagi ruchka har bir alohida seriyani tashkil qilishi kerak?