Hammaga "Monopol" oʻyini maʼlum. 1997-yilda yangi zelandiyalik Bryus Hazerli tomonidan yaratilgan ushbu oʻyinning "Ekonopol" deb nomlangan yangi versiyasi paydo boʻldi. Unda, oʻyinning avvalgi variantidagi kabi, har bir katakcha kompaniya, bank, gazeta va hokazolarning nomiga mos keladi. Bryus Hazerli oʻyinni sotishdan tushgan foydadan tashqari, qanday qilib yana bir necha million dollar ishlab olishning uddasidan chiqqan?
Katakchalarda Hazerliga reklama uchun pul toʻlagan real firmalarning nomlari joylashtirilgan.