Robbi Uilyamsning "Misunderstood" [misandestud] klipi syujetiga ko'ra, xonanda politsiya mahkamasiga tushib qoladi. Xonandani qo'lga olgan politsiyachi tabassum bilan deydi: "Agar o'zingizni shunday tutishda davom etsangiz, janob Uilyams, bu yerda juda uzoq muddatga qolib ketasiz!" "Aynan qancha muddatga?" — aniqlik kiritadi xonanda. Politsiyachi bir vaqt oralig'ini aytadi, shundan so'ng hamma baravar kulib yuboradi. Bir necha yil oldin juda mashhur bo'lgan o'sha vaqt oralig'ini bir so'z bilan ayting.