Inglizcha "mesh" — "toʻr koʻzi", "fresh" — "yangi", "thresh" — "yanchish" soʻzlarini bilasizmi? Mayli, ingliz tili bilimingizni tekshirib oʻtirmaymiz, shunchaki Jorj Harrisonning qoʻshigʻidan bir satrni keltiramiz: "bu yerda juda koʻp odamlar erta vafot etmoqda" va ushbu qoʻshiq nomining ikkinchi soʻzi "desh" ekanligini aytamiz. Qoʻshiq nomining birinchi soʻzini tiklang.