Men yoqtirib oʻqigan asarlarimdan biri – 1981 yilda muallif tomonidan yozib tugatilgan boʻlib, asosiy gʻoyasi inson peshonasiga yozilganidan qochib qutulolmasligi hamda odamlarning befarqligini ifodalaydi. Asar “... Koʻp yillar mobaynida biz faqat oʻsha voqea xususida gapirib yurdik. Oʻsha mashʼum kungacha har birimiz oʻzimizcha yashab, peshonamizdagini koʻrib kelayotgandik” degan satrlar bilan boshlanadi. Asarning syujetidan koʻra, uning yozilish stilistikasi menga koʻproq yoqqan edi. D.S: menimcha ushbu maʼlumotlar yetarli deb oʻylayman, bir daqiqadan soʻng asar nomini yozib bering?