Mavzu: Rustam Mirvohid sheʼrlari Xayol ogʻushida haykaldek qotib, Nigohing qadaysan bir X tomon. Oʻsha on lovullab, oʻzni yoʻqotib, Nigohing qizgʻongum X dan yomon! Sen hamon oʻydasan... parvoying falak, Lablaringda andak kulgu izi bor. Hoy, qalbim quyoshi, adolat kerak: Nahot, bir X ga shuncha eʼtibor?!. || "Sendan eʼtiborni talab qilmasman, Soʻrab ham oʻtirmam qaynoq mehringni. Sendan ayrilishni oʻlim bilmasman, Ofat ham sanamam koʻzda sehringni. Sensiz ham koʻzimga rangindir dunyo, Sensiz ham tasavvur qilaman oʻzim..."- Deb aytsam bir kuni ishonma, aslo, Y ichida bu barcha soʻzim.