“Mashinadan chiqqan maʼbud” - bu eski teatr atamalaridan biri boʻlib - unga koʻra jarayon vaqtida bosh qahramonlardan biri oʻta qiyin muammoga duch kelsa moʻjizaviy bir tarzda holatdan chiqib ketishi yoki unga gʻayritabiiy usulda yordam yetib kelishi tushuniladi. livejournal.com saytining Ushbu atamaga bagʻishlangan maqolasida Fivada tugʻilgan, jasoratli yunon mifologiyasi personajini uchratish mumkin. Savol: Shu personajni yozib bering.