Mashhur Dolimovlar shajarasi haqida yozilgan bir maqolada Dolimbekning ammasi Manzura opa haqida quyidagi maʼlumotlar keltirib oʻtiladi: “1930-yillarning boshida, ayniqsa, mustamlaka Turkistonda iqtisodiy hayotning keskin ogʻirlashuvi, ocharchilik, buning ustiga turli-tuman kasalliklarning avjga chiqishi tufayli butunlay qarovsiz qolgan Manzura amma oilasi tutday toʻkildi. Oʻsha yillarda bolalar oʻrtasida tarqalgan “qora chechak” kasali bir hafta-oʻn kun ichida toʻrtala farzandini ona bagʻridan yulib oldi”. Keyinchalik Manzura opa bir kasb bilan shugʻullana boshlaydi, ish faoliyatida uning boshiga tushgan kulfatlar as qotadi. Savol: Bu qaysi kasb ekanligini yozib bering.