Mashhur avar shoiri R. Hamzatov oʻzining "Mening Dogʻistonim" asarida shunday degan: "Agar mening qoʻlimda boʻlsa edi ayollarimizning ALFA larini va erkaklarimizning BETTA larini bir kitob qilgan boʻlar edim". Qiziqchilarimizdan biri esa ALFA va BETTA ni birini sanʼat, birini jinoyat deb tariflagan edi. Diqqat savol: Bizning millatimizga ham begona boʻlmagan ALFA va BETTA ni nima ekanligini toping.