Mark Tvenni Yangi yil kuni mehmonga taklif qilishadi. Oilaning ajoyib odati bor edi. Oʻsha kuni tayyorlanuvchi chuchvaralardan birining ichidan tugma yoki tanga chiqar, uni topgan odamga baxt va omad kuladi deyishardi. “Janob Tven, taomni kim bilandir yeyish maroqli, agar xohlasangiz kimnidir taklif qilishingiz mumkin. Xoʻsh, kimni taklif qilasiz?” deydi mezbon. Tven yuqoridagi odatni esdan chiqarmagan holda javob beradi. Savol: Mark Tven taklif qilmoqchi boʻlgan nemis kimligini toping