Marhum yozuvchi Tohir Malik asarlarining birida oʻtgan asrda boʻlib oʻtgan bir voqeani aytib oʻtadi. Oʻtgan asrda Amerika bilan sobiq ittifoqining orasidagi munosabat chigallashib, rosmana urushning sharpasi sezilib qolgan edi. Bir izdihomda qariyalar shu masalada kuyunib gapirishdi. Ularning aksari urush koʻrgan, urushning kasofati qanday boʻlishini biluvchi odamlar edi. Davra toʻrida oʻtirgan bir qariya suhbatga aralashib: -Agar menga qoʻyib berishsa, ikkalasini shu yerga chaqiraman yani davlat rahbarlarini. Kelishgach ikkalasiga bittadan uni beraman. -Buni nima qilamiz bizga kerak emas bu deyishsa keyin muddaoga oʻtaman deydi. Agar toʻgʻri xulosa qilishsa gapingiz toʻgʻri oqsoqol deb yarashib olishadi debdi. Diqqat savol. Qariya ularga nima berib yarashtirishni aytgan edi???