. Manbalarda qayd etilishicha, Amir Temur Kaspiy dengizi yaqinidagi Moxon qalʼasini egallashda ancha qiyinchilikka uchraydi. Natijada, yengilmas va mohir sarkarda Movarounnahr va Xuroson chegarasida doimiy xizmatda turuvchi ULARni oʻz huzuriga chaqiradi. ULAR Chorjoʻy yoʻli bilan aytilgan joyga boradilar. Sohibqironning qamalni tashkil etishda ularning xizmatidan foydalanishi natijasida qoʻshin Moxon qalʼasi ichiga kirishga muvaffaq boʻladi. Demak, qalʼaning egallanishida ULARning hissasi katta boʻlgan. Diqqat savol, ular kimlar edi?