Pasporti yoʻqligi UNGA chegaralarni toʻsiqsiz kesib oʻtishga xalaqit bermaydi. Maori tilida UNI hurmat bilan "kotuku" deb atashadi, bu "oq qoʻton" degan maʼnoni anglatadi. Papua-Yangi Gvineyadagi soddalashtirilgan tok-pisin tilida UNI "Mama belong big family", soʻzma-soʻz aytganda "Katta oilaning onasi" deb atashadi. Bu roʻyxat uzun va baʼzi vaziyatlarda toʻliq oʻqib eshittiriladi. UNI ayting.