Maʼlumki, issiq suv sovuq ob-havoda sovuq suvga nisbatan tezroq muzlaydi. Bu fakt bir qarashda paradoks boʻlib koʻrinadi, chunki issiq suv hali sovuq suv haroratiga tushgunicha vaqt ketishi, bungacha sovuq suv muzlab qolishi kerak. Aslida esa issiq suvning tashqi havo bilan konveksiyasi yuqoriligi sabab issiq suv tezroq muzlayveradi. Bu haqidagi maqolada boshqa bir paradoks tilga olinadi. Savol: Ushbu paradoksning ikki qahramonini yozib bering.