“Maktab davrida jismoniy tarbiya darsini unchalik ham xushlamaganman. Sevimli darslarim esa matematika va adabiyot boʻlgan. Menda sportga qobiliyat boʻlgan deb ayta olmayman. Men shunchaki tez yugurardim va yaxshi sakrardim. Mening medallarim mehnat, qatʼiyat va baʼzida toʻkilgan koʻz yoshlardan yasalgan”. Ushbu fikrlar Oʻzbekistonlik bir mashhur insondan olingan intervyudan parcha edi. Savol: Ushbu fikrlar kimga tegishli?