Rossiyalik general Anatoliy Stessel Port-Arturni topshirgani uchun sudga berilib, oʻlim jazosiga hukm qilingan edi. Chor marhamati bilan hukm qalʼada qamoq jazosiga almashtirildi. Purishkevich bunga epigramma bilan javob berdi: "Eshitdim — Anatol Stessel xiyonat uchun qalʼaga qamalibdi. Qanday bemaʼnilik, deyman: u (soʻzlar tushirib qoldirilgan), ma parole!" ("ma parole" (fransuzcha) — "rost soʻzim"). Tushirib qoldirilgan soʻzlarni tiklang.