“Men kichik, uch harfdan koʻp boʻlmagan ism xohlayman” – dedim. Doʻstim maslahat berdi: “Balki bir harf boʻlar?”. Rozilik berdim va doʻstimning taklifi bilan “BU”ni ism sifatida qabul qildim. Siz eshitgan gaplar 1909-yilda “New York Times” gazetasiga berilgan intervyudan edi. Almashtirilgan soʻzni topgan boʻlsangiz, oʻsha shaxsning ismini yozing.