zakovatklubi.uz

M. Gorkiy yozishicha, A. Temurning ortida sozandalar, oyoq tomonidan qavm-qarindosh, shohlaru beklar, sarkardalar, hammadan yaqinroqda esa shokir oʻtirar edi. Kunlardan bir kuni Amir Temur Shokirning tilini qichitish uchun unga: Agar meni bozorga olib chiqib sotsalar, sen qancha oqcha berar eding? - deb savol berib qoladi. Yigirma besh askariy berardim, olampanoh! - Qiziqmisan, belimdagi tillo kamarning oʻzi shuncha turadi-ku?! - Men ham kamarning narxini aytyapman-da, boʻlmasa, oʻzingizni hemiriga ham olmasdim! degan edi shokir podshohning oʻziga. Diqqat savol: savol matnida almashgan ikki soʻzni yozib bering.

Manba