“Lya Rans” elektrostansiyasi 1966 yili Fransiyada ochilgan boʻlib, qurilish narxi 620 million frankka teng boʻlgan. Ishlashi mobaynida u oʻz xarajatlarini allaqachon oqlagan boʻlib, hozirda unda ishlab chiqilgan elektr atom va gidroelektrostansiyalardagi elektrdan arzonroq tushadi. Bunday elektrostansiyalar issiqlik elektrostansiyalaridan farqli ravishda atmosferaga zararli moddalarni chiqarishmaydi. Savol: “Lya Rans” turidagi elektrostansiyalar nimaning hisobiga elektr ishlab chiqarishini aniq yozib bering.