Ushbu til anʼanasi turlicha tushuntiriladi. Bir fikrga koʻra, u kema burniga qaysidir maʼbudaning haykali qoʻyilgan davrlardan boshlangan. Boshqalar esa bu anʼanani kemalarni boshqarish qiyinligi bilan bogʻlashadi. Balki, dengizchilar uzoq vaqt davomida oʻz xotinlaridan uzoqda suzishganidadir. Yaqinda Britaniyaning Lloyd's list gazetasi ushbu anʼanaga chek qoʻyishga qaror qildi. Bu anʼana nimadan iborat edi?
kemalarni “she” (u - ayol jinsida) olmoshi bilan atash.