"Led Zeppelin" guruhining sobiq bas-gitarachisi va klavishchisi Jon Pol Jons koʻpincha yosh guruhlarga prodyuserlik qilgan. Bir kuni shunday guruhlardan birining konsertidan soʻng, bir yigit musiqachilardan: "Albomlaringizga oʻsha mashhur Jon Pol prodyuserlik qilayotgani rostmi?" deb soʻradi. "Ha, — deb gʻurur bilan bosh irgʻatishdi ular, — oʻsha, "Led Zeppelin"dagi". "E-e, — dedi yigit hafsalasi pir boʻlib, — men esa boshqa birov deb oʻylabman...". Omadsiz muxlisning fikricha, bu guruhning prodyuseri kim boʻlgan?