Laylo ismli havaskor qizning videoklipida Layloning yigʻisidan soʻng BU ISH sodir boʻlishi aks etgan. Olimjon Yusupovning 2018-yilgi bergan intervyusida 5-7 yil ichida BU ISH sodir boʻlishi, texnik jihatdan barchasi tayyor ekanligi aytilgan edi. Shuningdek, intervyuda oʻtgan asr 60-yillari ham tilga olingan. Savol: BU ISH sodir boʻlishi soʻzlari oʻrnidagi kamida uch soʻzni yozib bering.