Oʻtgan asrning boshida Vena shahridagi "An der Vin" teatrida maʼlum toifadagi tomoshabinlarga imtiyozli chiptalar tarqatish odati bor edi. Kimdir ularni lästig [lestix] — nemischasiga "joniga teguvchi" deb atadi. Shu yerda boʻlgan dirijyor toʻsatdan soʻzdagi bir harfni oʻzgartirib: lustig [lyostix] — "quvnoq" deb ilib ketdi. Ushbu imtiyozli toifani ayting.