"Las-igras" korxonasi tomonidan ishlab chiqarilgan bu oʻyin shartiga koʻra, stulchalarning hammasini bitta stul ustiga yiqilmaydigan qilib oʻrnashtirishingiz kerak. Oʻyinni, shuningdek "ERTALAB" deb ham nomlashadi. Yuqorida almashtirilgan soʻz oʻrnidagi ikki soʻzni yozib bering. || Geraldikada tasvirlangan mushuksimonlar oilasi vakili sher deb tan olinishi uchun KUNDUZI turgan boʻlishi yetarli. Erik Artur Blerning romanida esa KUNDUZI yuradiganlarning barchasiga salbiy munosabat bildirilgani maʼlum. Yuqorida almashtirilgan soʻz oʻrnidagi ikki soʻzni yozib bering. || Bir asardagi Teo ismli oʻqimishli personaj umrining shomiga yetmay oʻlishidan xabar topgach, soʻnggi kunlarini KECHASI yashamasligidan quvonadi. Yuqorida almashtirilgan soʻz oʻrnidagi ikki soʻzni yozib bering.