Toʻrtta bosh lotin harfini yozing: L, V, U, W. [Boshlovchiga: harflarni havoda chizib yoki doskaga yozib, sekin qaytaring.] Diqqat, savolda almashtirish bor. L, V, U, W harflari bilan mutaxassislar YOMGʻIRLARNING turli xillarini belgilashadi. Hozirgisini pessimistlar L-turiga, optimistlar — V-turiga kiritishadi, realistlar esa boshqa variantlarni koʻrib chiqishadi. "YOMGʻIRLAR" soʻzi bilan qaysi soʻz almashtirilgan?