zakovatklubi.uz

Kunlarning birida Erkin Vohidovni koʻrib qolgan Said Ahmad yangi chiqqan “Nido” dostoni haqida gapira turib: — Erkinjon, asarni zoʻr yozibsiz. Endi siz BU ISHNI qilsangiz ham boʻlaveradi, deb hazil qiladi. Oradan birmuncha vaqt oʻtgach, “Ufq” romani chiqqach Erkin Vohidov Said Ahmadga shunday xabar joʻnatadi: — Said Ahmad aka, ana endi siz ham zoʻr asar yozdingiz. Uyalmasdan endi SHU ISHNI qilsangiz boʻlaveradi. Savol: BU ISH va SHU ISHNI toʻgʻri ketma-ketlikda yozib bering

Manba