Kunlardan bir kuni loʻli rassom Mark Shagalga fol ochadi. Unda Shagalning 3 marta uylanishini va parvoz vaqti vafot etishini aytadi. Shagal haqiqatdan ham uch marta turmush quradi. Foldan xabari boʻlgan Markning uchinchi xotini Valentina Brodskaya uni umuman samolyotga chiqarmaydi. Ammo, kunlarning birida Shagal Unga chiqqan paytida vafot etadi va qaysidir maʼnoda fol amalga oshadi. Maʼlumotlarga koʻra, birinchi U miloddan avvalgi 236-yilda yaratilgan ekan. Savol: U oʻrnida almashgan soʻzni yozib bering.