zakovatklubi.uz

Kun.uz saytidagi bir maqolaga koʻra, olimlar Turkiya hududida, dengiz sathidan 400 metr balandlikda oʻrganilgan topilma parchalarining yoshi 4800 yosh atrofida ekanini aniqladilar. Bu maqolani oʻqigan savol muallifi, har qanday holatda ham NAJOT berilishi mumkinligiga amin boʻladi hamda XX asrning 80-yillarida millati yahudiy boʻlgan Leopold "Poldek" ismli shaxsning xotiralari asosida Tomas Kenilli tomonidan yozilgan bu asarni esga oladi. Ushbu asar asosida suratga olingan hamda 7 ta “Oskar” mukofotiga loyiq koʻrilgan film nomi esa asar nomidan bitta soʻzga farq qiladi. Savol: Ushbu asar nomini asl holida yozib bering

Manba