Kriminolog-huquqshunos Tomas O’Konnorga ko‘ra, agar sudda himoya qilayotgan shaxsingiz haqiqatan ham jinoyat sodir etgan bo‘lsa, mag‘lub bo‘lmaslik uchun qilishingiz mumkin bo‘lgan yagona narsalardan biri X-dan foydalanishdir. Qarshi tomonning har qanday kichik xatosini tutib uni bo‘rttirish, qayta-qayta takrorlash, qarshi tomonga gapirishga imkon bermaslik, qo‘lingizdagi dalillarni juda chalkash tarzda yetkazish X-ning asosiy taktikalaridandir. X-ni 2-tur aniqlovchi birikmasi bilan ifodalang.