«Kosmik kuchlar» seriali qahramoni bir qiz bilan tanishib, ataylab boshini aylantirib yuradi. Aslida qizning otasiga tegishli boʻlgan sirlarni bilib olishni maqsad qilgan bu qahramon oila qurishib, farzand koʻrishsa bolaga qizning buvisi sharafiga ism qoʻyishini aytadi. Bu gaplarni aytar ekan u buviga tegishli boʻlgan yana bir maʼlumot haqida aniqlik kiritish uchun savol beradi. Qahramon yana qanday maʼlumotni bilmoqchi boʻlgan?