[Koʻrgazmali material] Buyuk Britaniya Bosh vaziri qarorgohi boʻlgan Dauning-Strit, 10-uyda turli yillarda koʻplab buyuk ORATORLAR ish olib borishgan. Ammo bu savolda SOʻZ qarorgohda yashovchi mushuk Larri haqida boradi. Larrining rasmiy lavozimi “Chief BOʻSHLIQ” deb nomlanadi. Diqqat: BOʻSHLIQ oʻrnidagi inglizcha soʻzni yozib bering.