Koreyalik kinochilar tomonidan suratga olingan “Yaksha” filmida asirga olingan qiz maʼlumotlarni aytmagani uchun Yapon razvedkasi tomonidan qiynoqqa solinadi. Qiynoq vositasi sifatida esa quloqchindan foydalanishadi. 2007 yil ekranlarga chiqqan boshqa bir filmda esa shunga oʻxshash qiynoqda Jak Brel yordam beradi. Savol: Oʻsha filmda qiynoqqa solingan insonning kasbini fransuzcha soʻz bilan yozib bering.