zakovatklubi.uz

Koʻpchilik Birinchilar va ikkinchilarni adashtirib yuborsa ham, ular oʻrtasida jiddiy farqlar mavjud. Birinchilarda proporsionallik boʻyicha muammolar kuzatiladi, ikkinchilarda esa bunday muammo boʻlmaydi. Birinchilarda gipofizar yetishmovchilik keyinchalik vujudga kelsa, ikkinchilar bu yetishmovchilikni nasliy qabul qilib olgan boʻladi. “Fuqarolarning davlat pensiya taʼminoti toʻgʻrisida”gi qonunda Birinchilar va ikkinchilarga pensiyaga ertaroq chiqish boʻyicha imtiyoz nazarda tutilgan. Diqqat savol: birinchilar va ikkinchilarni toʻgʻri ketma-ketlikda yozib bering.

Manba