Kutenay daryosi quyiladigan Kukanusa koʻli AQSH va Kanada chegarasi bilan deyarli teng ikkiga boʻlingan. Shunga koʻra, uning nomi xalqaro xarakterga ega (eshitilishidan fin yoki indeyscha tuyulsa-da): "Koo" — daryodan (KOOtenai), "can" — Kanadadan (CANada), "usa" — AQSHdan (USA).