Klubda turnalar uchishi haqida savollar boʻlgan. Maʼlumki, turnalar mavsumiy koʻchish paytida gʻayritabiiy usulda, yaʼni tizilib uchishadi, uzoq vaqt turnalarni kuzatgan ornitologlar ularning turlicha balandliklarda uchishiga asosan ikkita sabab borligini keltirishadi. 1-sabab, ular shimolga yoki janubga uchayotganda albatta shamolga hamohang havo qatlamiga tushib olishadi va charchamaslik uchun shamol yoʻnalishida parvoz qilishadi. 2-sabab ham albatta tabiat bilan bogʻliq. D.S: Turnalarning turli xil balandlikda uchishining 2-sababi nimada?
ular atmosferaning qaysi qatlami nisbatan issiqroq, iliqroq boʻlsa oʻsha qatlamda, balandlikda parvoz qilisharkan. Yaʼni issiq havo oqimida uchishadi.