Kichkina shahzoda asarida tasvirlanishicha, uchuvchi kimsasiz Sahroyi Kabirga qoʻnishga majbur boʻladi. Huvullab yotgan sahroda, tong saharda uchuvchining tepasida bir gʻaroyib bola paydo boʻladi. Keyinroq maʼlum boʻlishicha, bu tillarang sochli, qoʻngʻiroq tovushli bolajon mittigina olis sayyorada bir oʻzi yashar, bir yil muqaddam sayyoralararo sayohatga chiqib, nihoyat Yer planetasiga kelib qolgan edi. U uchuvchi amakiga bir-biridan qiziq savollar berishdan, xuddi katta odamlardek u bilan tortishishdan charchamasdi. Savol. Asarga bagʻishlangan maqolada qaysi filmi esga olingan.