zakovatklubi.uz

Keyingi savolga tarqatma bor 1993-yil id Software kompaniyasi Doom video oʻyinini keng ommaga taqdim qilgan. Videooʻyinlar industriyasi rivojlanishiga katta xissa qoʻshgan ushbu oʻyin oʻz davrida geymerlar orasida keng shuhrat qozongan. Soʻnggi yillarda esa ushbu oʻyin bilan bogʻliq yangi bir trend yuzaga keldi, yaʼni videooʻyinlar uchun moʻljallanmagan turli qurilmalar yordamida ushbu oʻyinni oʻynash ommalashdi. Hususan, raqamli fotoapparat, ossilloskop, grafik kalkulyator, bankomat va hattoki bizga tanish ushbu qurilma ham. Diqqat savol: savol soʻngida nazarda tutilgan qurilmani aniq yozib bering

Manba